«Manzillar yaqinroq» aksiyasi

«Manzillar yaqinroq» aksiyasi

UZCARD “Manzillar yaqinroq” aksiyasi muddatini uzaytiradi: may oyi oxirigacha 16 ta shaharda yo‘lkira narxi uchun 1000 so‘mlik chegirma

O‘zbekistonning 16 ta shahri aholisi jamoat transportida yo‘l haqini tejashda davom etadi. UZCARD bilan to‘lov amalga oshirilganda har bir yo‘lkira narxi 1000 so‘mga arzonroq boʻlgan “Manzillar yaqinroq” aksiyasi 2025-yilning 31-mayiga qadar uzaytirildi.

Ushbu qaror UZCARD’ning strategik yo‘nalishini o‘zida aks ettiradi: mamlakat hududlarida naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish infratuzilmasini rivojlantirish, kundalik moliyaviy operatsiyalarni ommaviy segment uchun, ya’ni har kuni jamoat transportidan foydalanadigan ko‘p sonli fuqarolar uchun qulay, tez va foydali qilish.

1000 so‘mlik chegirmaga ega bo‘lish uchun yo‘l haqini kontaktsiz usullardan birortasi yordamida to‘lash kifoya:

  • UZCARD kartasi orqali (indekslar 5614, 6262, 5440) – kartani ATTO validatoriga tekkizish orqali.
  • Uzcard Pay bilan bog‘langan 8600 kartasi orqali.
  • Uzcard Pay ilovasi orqali UZCARD virtual kartasi bilan.

Chegirma Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Namangan, Qarshi, Termiz, Urganch, Xiva, Nukus, Qo‘qon, Yangiyo‘l, Zarafshon, Guliston, Angren, Jizzax va Andijonda ATTO validatorlari bo‘lgan transportda amal qiladi.

UZCARD butun mamlakat bo‘ylab raqamli to‘lovlarni rivojlantirishga doimiy ravishda sarmoya kiritib bormoqda, ayniqsa, ommaviy segment qulay va samarali yechimlarga muhtoj bo‘lgan hududlarda.

Ushbu tashabbus tufayli:

  • moliyaviy jihatdan aholining boshiga tushadigan og‘irlik darajasi kamayadi;
  • raqamlashtirish va moliyaviy shaffoflik darajasi oshadi;
  • qulay naqd pulsiz vositalardan foydalanish odati shakllanadi.

Qariyb bir yildan buyon amalga oshirilayotgan “Manzillar yaqinroq” tashabbusi qulay va tushunarli raqamli xizmatlardan hamma foydalanishi mumkinligini ko‘rsatib turibdi – va ushbu xizmatlar insonlar kundalik hayotida haqiqatan ham zarur.